Buyuk Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II ning ta’kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Tramp qirollikka tashrif buyurish taklifini qabul qilgan, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Bukingem saroyi qirolicha prezident va uning rafiqasini Buyuk Britaniyaga 3-iyundan 5-iyungacha taklif qilganini va AQSh rahbari rozilik bildirganini tasdiqladi.
Kelgusida tashrif va uning dasturlari haqidagi boshqa tafsilotlar o‘z vaqti kelganida ma’lum qilinadi, deya saroy tomonidan ta’kidlandi.
Izoh (0)