The Beatles guruhi asoschilaridan biri Jon Lennonning (1940—1980) fortepianosi internet savdolarida sotildi, deya xabar beradi “TASS”.
Auksionni o‘tkazgan Gotta Have Rock and Roll kompaniyasi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, mazkur cholg‘u asbobi chamasi 1872-yilda yaratilgan. Taxminlarga ko‘ra, Lennon fortepianoni 1966-yilda sotib olgan.
Keyinroq musiqachi fortepianoni o‘z do‘stiga sovg‘a qilib yuborgan, aynan kimgaligi noma’lum. Lennon mazkur cholg‘u asbobiga uning ismini metall taxtachada yopishtirib qo‘yishlarini buyurgan. Unda 1971-yil hamda ushbu fortepianoda yozilgan qo‘shiqlar nomi yozilgan.
Gotta Have Rock and Roll saytida yozilishcha, kompaniya ekspertlari ushbu lotni 800 mingdan 1,2 million dollargacha sotishni rejalashtirgan, biroq u 575 ming dollarga ketgan.
Izoh (0)