Fuqarolik ishlari bo‘yicha Asaka tumanlararo sudining 2013-yil 25-noyabrdagi sud buyrug‘iga asosan M.Yuldashevaning voyaga yetmagan ikki nafar farzandlari uchun qarzdor A.Yuldashevdan aliment to‘lovlari undirish belgilangan. Bu haqda MIB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Mazkur sud buyrug‘iga asosan 2013-yil noyabr oyidan 2019-yilning iyuliga qadar hisoblangan jami 23 013 000 so‘m pul mablag‘lari Majburiy ijro byurosi Asaka tuman bo‘limi xodimlari tomonidan undirilib, M.Yuldashevaga topshirildi.
Izoh (0)