Toshkentdagi “Yangi asr avlodi” nashriyoti Korney Chukovskiyning “Barmaley” asariga kiritilgan “tuzatish”lar yuzasidan rasmiy izoh berdi, deb yozadi Sputnik.
Avvalroq Toshkentdagi nashriyotlardan biri kitobda Leningrad so‘zini “Sank-Peterburg”ga o‘zgartirib, “t” harfini ham tushirib qoldirgani xabar berilgan edi.
Nashriyot ma’lum qilishicha, ular haqiqatan ham, achinarli xatolikka yo‘l qo‘ygan. Nashriyot rahbari kitobxonlardan kechirim so‘ragan. Uning so‘zlariga ko‘ra, shaharning eskirgan nomini hozirgisiga o‘zgartirish orqali, kitobni zamonaviylashtirmoqchi bo‘lishgan.
Nashriyot o‘zining ijodiy muvaffaqiyatsizligini tan olishini va 2000 nusxadagi adadni qaytarib olishi mumkinligini ma’lum qildi.
Izoh (0)