21-aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 35-turida “Manchester Yunayted” safarda “Everton”ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi (0:4).
“Manchester Yunayted” barcha musobaqalarni hisoblaganda ketma-ket 11 ta uchrashuvdan buyon darvozasidan to‘p o‘tkazib yubormoqda. Bu klubning 1998-yildan beri qayd etgan eng yomon seriyasi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bor “Manchester Yunayted” 24-fevral kuni bo‘lib o‘tgan “Liverpul”ga qarshi o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgandi (0:0).
Bundan tashqari “qizil iblislar” joriy mavsum Premyer ligada 48 ta to‘p o‘tkazib yubordi. Bu jamoaning antirekordi hisoblanadi.
Oxirgi marta “mankunianlar”lar 1999/00 hamda 2001/02-yilgi mavsumda 45 ta gol o‘tkazib yuborgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)