UEFA tashkiloti Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finalining eng chiroyli golini e’lon qildi.
Ushbu nomga “Barselona” yetakchisi Lionel Messining “Manchester Yunayted” darvozasiga kiritgan goli loyiq deb topildi (3:0).
Messi bu yo‘lda “Barselona”dagi jamoadoshi Filippe Koutinyo, “Ayaks” yarim himoyachisi David Neres hamda “Manchester Siti” vingeri Rahim Sterlingni ortda qoldirdi.
G‘olib muxlislarning ovoz berish yo‘li orqali aniqlandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)