19-aprel, juma kuni Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati start oldi.
Musobaqaning dastlabki kunida o‘zbekistonlik bokschilar orasida Shunqor Abdurasulov (-64 kg) birinchi bo‘lib ringga ko‘tarildi. Unga iroqlik Kadim al-Ezire raqiblik qildi. Shunqor raqibini mag‘lubiyatga uchratib, ikkinchi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Abdurasulovga keyingi bosqichda pokistonlik Ma’sud raqiblik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, bugun erkaklar o‘rtasida -69 kg vazn toifasi vakili Bobousmon Boturov ham ringga ko‘tariladi. U mo‘g‘ulistonlik bokschi Bayarku Ganbaatar bilan jang qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan taxminan soat 16:15 da start oladi
Ayollar o‘rtasida esa o‘zbekistonlik Yodgoroy Mirzayeva (-57 kg) shri-lankalik Krishmiga qarshi ringga ko‘tariladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)