O‘zbekistonda aviatsiya sohasida mutaxassislarni tayyorlash tiklanadi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.
Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida joylashtirilgan hukumat qarori loyihasida bu boradagi ishlarni 2019/2020-o‘quv yilidan boshlanishi ko‘zda tutilgan.
Loyihada nafaqat avval to‘xtatib qo‘yilgan yo‘nalishlarning tiklanishi, balki bakalavriat va magistraturada yangilarining tashkillanishi ham belgilangan. Jami aviatsiya sohasidagi 7 ta yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash rejalashtirilmoqda.
O‘quv jarayoniga xorij oliy o‘quv yurtlari va mutaxassislari, jumladan, Moskva avtomobil-yo‘l davlat texnika universiteti jalb etilishi kutilmoqda.
Izoh (0)