Bugun, 18-aprel kuni Facebook ijtimoiy tarmoq sahifalarining birida Kichik halqa avtomobil yo‘lining avtomobillar qayrilib olishi uchun mo‘ljallangan (razvorot) qismida, ovqatlanish shoxobchasining reklamasi o‘rnatilganligi va bu holat yo‘l harakati ishtirokchilariga noqulaylik tug‘dirayotganligi haqida e’tirozlar bayon etilgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Shahar obodonlashtirish qoidalari buzilganligi uchun Toshkent shahar hokimligi va IIBB tomonidan muammo o‘rganildi, noo‘rin joyga o‘rnatilgan reklama banneri olib tashlandi.

Eslatib o‘tamiz, ruxsatsiz, belgilanmagan joyda reklama materiallarini o‘rnatgan shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 161-moddasiga asosan, 202 730 so‘m miqdorida jarima qo‘llaniladi.