18-aprel, payshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 5-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi safarda “Buxoro”ga qarshi maydonga tushdi.

Foto: Lokomotiv

Uchrashuv davomida “temiryo‘lchilar” a’zolari Arslonmurod Omonov (15) hamda Temurxo‘ja Abduholiqovning (29) kiritgan gollari “Lokomotiv”ning g‘alabasini ta’minladi va jamoa 3 ochkoga ega bo‘ldi (2:0).

Ushbu turdan so‘ng Toshkent klubi 12 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, “Buxoro” esa 5 ochko bilan 8-pog‘onani egallab turibdi.

Superliga

5-tur bahsi

18-aprel, payshanba

“Buxoro”—“Lokomotiv” 0:2

Gollar: 0:1 — 15 Arslonmurod Omonov, 0:2 — 29 Temurxo‘ja Abduholiqov

“Buxoro”: Rahimjon Davronov, Azamat Isroilov, Vladimir Bayenko, Ivan Fatich, Ergash Ismoilov, Jahongir Abdumo‘minov, Behruz Shodmonov (Firdavs Asadov, 61), Asadbek Sobirjonov (Jaloliddin Ubaydullayev, 73), Doston Ibragimov, Salamat Qutiboyev, Ivan Nagayev

“Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Davron Hoshimov, Igor Yelich, Anzur Ismoilov, Oleg Zoteyev, Yovan Jokich, Husniddin G‘ofurov (Avazbek O‘lmasaliyev, 46), Jamshid Iskandarov (Diyorjon, Turopov, 64), Sardor Mirzayev, Arslonmurod Omonov, Temurxo‘ja Abduholiqov (Filip Rayevats)

Ogohlantirishlar: Arslonmurod Omonov (31), Yovan Jokich (38), Salamat Qutiboyev (66), Anzur Ismoilov (71)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!