Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

“Adliya axboroti” brifingida Adliya vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi hamkorligida “sirli mijoz” tadbirlari o‘tkazilishi aytildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

“Sirli mijoz” tadbiri Adliya vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi o‘rtasida imzolangan qo‘shma ko‘rsatmaga asosan tashkil etiladi. Davlat xizmatlari markazlari orqali maktabgacha ta’lim muassasasiga yo‘llanma berish jarayonini o‘rganadigan “sirli mijoz” tadbirlari muntazam o‘tkazib boriladi.

Tadbirda oldindan kelishilgan shaxs go‘yoki “mijoz” bo‘lib bog‘chaga kirib boradi va ushbu jarayonda noqonuniy holatlarni fosh etadi.

Shuningdek, qo‘shma ko‘rsatmada bog‘chalarning sanitariya qoidalari va normativlarga muvofiqligi, xodimlarning intizomi, tushumlarni maqsadli yo‘naltirilganligini o‘rganish kabi tadbirlar ham o‘tkazilishi nazarda tutilgan. Korrupsiyani oldini olish va xodimlar mas’uliyatini oshirishga yordamlashuvchi ishchi guruh shakllantirish belgilangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi