Qoraqalpog‘iston davlat soliq organlari xodimlari tomonidan norasmiy ishlab kelayotgan fuqarolarni rasmiylashtirish ishlari amalga oshirildi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston DSB matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, Qoraqalpog‘iston respublika bo‘yicha 2019-yil davomida 27 ming 253 ming nafar xodim rasmiylashtirilishi rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, yil boshidan respublika bo‘yicha 2828 ta korxonada norasmiy ishlovchi 9 145 nafar xodim rasmiylashtirilishiga erishilgan.
Shuningdek, Davlat soliq organlari xodimlari tomonidan joylarda konvert usulida ishlovchi norasmiy xodimlarni rasmiylashtirish yuzasidan ishlar davom etayotgani ta’kidlangan.
Izoh (0)