Tergovchilar Parijdagi Notr-Dam ibodatxonasi qasddan yoqib yuborilganidan dalolat beruvchi alomatlarni aniqlamadi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Parij prokurori Remi Xeysga ko‘ra, yong‘inning asosiy sababi sifatida tasodifiy alangalanish ko‘rilmoqda.
Huquq-tartibot idoralari Notr-Dam tomi restavratsiyasi uchun yollangan 5 ta kompaniya ishchilarini so‘roq qilish niyatida. Yong‘in aynan ta’mirlash ishlari davomida yuzaga kelgani taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)