Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi va BAAning “Sharja” klubi yarim himoyachisi Otabek Shukurov Londonda jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazdi.
Shukurov shu yilning mart oyida “China cup-2019” xalqaro musobaqasidan o‘rin olgan Xitoyga qarshi o‘yinda jarohat olib, maydonni erta tark etgandi.
Tibbiy tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, Shukurovning boldir suyagi pastdan singani ma’lum bo‘ldi. “Sharja” klubi shifokorlari Otabek Shukurovning jarohatini ko‘zdan kechirib, Londonda operatsiya orqali davolashga qaror qilgandi.
Qayd etish joiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisining operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tdi. Endilikda u qo‘shimcha muolajalar orqali tezroq safga qaytishga harakat qilmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)