15-aprel, dushanba kuni futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 34-turining so‘nggi o‘yinida Unai Emeri qo‘l ostidagi Londonning “Arsenal” klubi “Uotford” maydoniga safar qildi.
Bellashuvda yagona gol 10-daqiqada “to‘pchilar” hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang tomonidan kiritildi. Shu tariqa londonliklar mehmonda kechgan bahsda “Uotford”dan kichik hisobda ustun keldi (1:0) va 66 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
APL
34-tur bahsi
15-aprel, dushanba
“Uotford”—“Arsenal” 0:1
Gol: 0:1 — 10 Obameyang
“Uotford”: Foster, Yanmat, Kabasele, Ketkart, Mazina (Sema, 86), Femeniya (Saksess, 59), Kapu, Dukure, Hyuz, Dini, Grey.“Arsenal”: Leno, Mustafi, Mavropanos (Gunduzi, 59), Kosyelni, Monreal, Torreyra (O‘zil, 46), Jaka, Mxitaryan, Remzi (Meytlend-Naylz, 68), Ivobi, Obameyang.
Ogohlantirishlar: Kapu (54), Hyuz (86).
Chetlatish: Dini (11).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)