Amerikalik olim, neyrobiolog va fiziologiya tibbiyoti bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Pol Gringard Nyu-Yorkda 93 yoshida vafot etdi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Keng turdagi neyrologik va psixiatrik kasalliklarning davolanishiga katta hissa qo‘shgan va miya hujayralarining o‘zaro ta’siri haqidagi tushunchamizni tubdan o‘zgartirgan Pol Gringard 13-aprel kuni 93 yoshida vafot etgan” — deyiladi Gringard 1983-yildan buyon ishlagan Rokfeller universitetining rasmiy xabarida.
Ushbu o‘quv muassasasidagi faoliyatidan avval, Gringard Albert Eynshteyn nomidagi tibbiyot kolleji va Yel universitetida dars bergan.
2000-yilda u asab tizimiga signallarni uzatish bilan bog‘liq kashfiyotlari uchun Erik Kendel va Arvid Karlsson bilan birga Nobel mukofotini olgan.
Ularning izlanishlari asab va ruhiy kasalliklarning mexanizmini tushunishga imkon bergan.
Izoh (0)