13-aprel, shanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 32-turida “Atletiko” o‘z maydonida “Selta”ni mag‘lub etdi (2:0).
Madridliklar hujumchisi Antuan Grizmann uchrashuvning 42-daqiqasida standart vaziyatdan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu uning joriy mavsum La Ligadagi standart vaziyatdan urilgan 3-goli (11 ta urinishdan) bo‘ldi. Avvalroq fransiyalik “Sevilya” hamda “Leganes” darvozalarini ham jarima zarbasidan ishg‘ol qilgandi.
Bu ko‘rsatkichda “Barselona” hujumchisi Lionel Messi yetakchi hisoblanadi. Uning hisobida 38 ta urinishdan 6 ta standart vaziyatdan urilgan gol mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Antuan Grizmann joriy mavsum Ispaniya chempionatida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 10 ta golga assistentlik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)