Forbes jurnali prezident ma’muriyati va hukumat a’zolari tomonidan taqdim etilgan daromadlar deklaratsiyasi asosida Kreml va Oq Uydagi eng boy oilalar ro‘yxatini tuzdi, deya xabar beradi Meduza.

Foto: Ok!

Unga ko‘ra, Privolojskiy federal okrugi prezidentning vakili Igor Komarov va uning turmush o‘rtog‘i birinchi o‘rinni egallagan. Komarovning yillik daromadi 657,3 million rublni, uning rafiqasiniki — 2,1 million rublni tashkil qilgan.

Rossiya Bosh vazirining o‘rinbosari hamda prezidentining vakili Yuriy Trutnevning oilasi ikkinchi o‘rindan joy olgan. Trutnev 538,4 million rubl miqdoridagi daromad, uning rafiqasi esa 2,1 million rubl daromadini deklaratsiya qilgan.

Uchinchi o‘rinni Rossiyaning sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va uning xotini Natalya egallagan. Manturov 2018-yilda 443,4 million rubl, uning turmush o‘rtog‘i plastik jarroh esa 7,7 million rubl daromad olgan.

To‘rtinchi o‘rin Rossiya Federatsiyasi Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov va Tatyana Navkaga tegishli. Peskovning daromadi 12,79 million rublni tashkil qilgan. Navka 218,6 million rubl daromadini deklaratsiya qilgan — bu esa prezident ma’muriyat va hukumat a’zolari xotinlari orasida eng yuqori sanaladi.