• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekneftgaz” @davletovuz’ning “Go‘sht narxida bodringni kuting” maqolasiga javob qaytardi

    Telegramdagi @davletovuz kanali bir muddat avval jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan, 2020-yil 1-yanvardan pishgan g‘isht ishlab chiqaruvchi zavodlar, ohak tayyorlash qurilmalari, sement ishlab chiqarish zavodlari, issiqxona xo‘jaliklarini gazdan uzib, ko‘mir ta’minotiga o‘tkazishni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasi yuzasidan “Go‘shtning narxida bodringni kuting” sarlavhali munosabat e’lon qilgan edi.

    Foto: “O‘zbekneftgaz”

    Foto: “O‘zbekneftgaz”

    Qaror loyihasini tayyorlagan “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi 13-aprel kuni @davletovuz’ning munosabatiga javob qaytardi. Kompaniyaning javob maqolasi quyida to‘liq keltiriladi.

    Ta’kidlash kerakki, qaror loyihasi O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 26-maydagi PQ-3012-son qarorining ijrosi o‘laroq ishlab chiqilgan. Prezident qarori qabul qilingan va ushbu vazifa qo‘yilgan paytda (qaror sanasiga e’tibor bering!) Energetika vazirligi yo‘q edi — shu sababli vazifa “O‘zbekneftgaz”ga yuklangan.

    Nega 2020-yilning 1-yanvaridan pishgan g‘isht ishlab chiqarish zavodlari, ohak ishlab chiqaruvchi korxonalar, sement ishlab chiqarish zavodlari, issiqxona xo‘jaliklariga ko‘mirga o‘tish tavsiya qilinyapti?

    Birinchidan, tabiiy gaz zaxirasi cheklangan, shu bois biz uni tejashga va muqobil energiya manbalariga murojaat qilishga majburmiz. Shu bilan birga, har yilgi qazib chiqariladigan tabiiy gaz miqdorlari, uning taqsimotga yo‘naltiriladigan hajmlari ham cheklangan va maqsadli yetkazib berish hukumat qarori bilan belgilangan.

    Ikkinchidan, issiqlik elektr stansiyalari ham bugun aynan muqobil energiya manbalariga o‘tyapti. Masalan, Angren issiqlik elektr stansiyasida ko‘mirda ishlaydigan quvvati 150 MVt bo‘lgan energoblok 2016-yilda foydalanishga topshirilgan. Bugungi kunda ushbu energoblokda yiliga 924 ming tonna yuqori kulli ko‘mir yoqilg‘isi asosida 984 million kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, iste’molchilarga yetkazib berilyapti. Bundan tashqari, Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasida yiliga 2 million tonnaga yaqin ko‘mir, 1,7 milliard kub metr tabiiy gaz yoqilib, 6,22 milliard kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda. Bu respublika bo‘yicha issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqariladigan elektr energiyasining 11 foizini tashkil etadi. Hozirda ushbu issiqlik elektr stansiyasida 1—5 energobloklarni yil davomida ko‘mir yoqilg‘isidan foydalanishga o‘tkazish bo‘yicha investitsiya loyihasi ishlab chiqilyapti, loyiha 2023-yilga yakunlanadi.

    Uchinchidan, jahon tajribasidan ma’lum, tabiiy gazni to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol qilish yoki sotishdan ko‘ra, uni chuqur qayta ishlab, yuqori qo‘shilgan qiymatli sintetik suyuq yoqilg‘i va polimer mahsulotlar ishlab chiqarish samaraliroqdir. Taqqoslash uchun: 3,6 milliard kub metr gazning har ming kub metri 150 dollardan sotilsa, 3,6 trillion so‘m bo‘ladi. Agar sintetik suyuq yoqilg‘i zavodida ishlab chiqarilca mahsulot qiymati 7,2 trillion so‘mga teng bo‘ladi. Bu — xomashyoni sotganga nisbatan 2 baravar ko‘p degani.

    Shu sababli, O‘zbekiston Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2706-son qaroriga muvofiq Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining 3,6 milliard kub metr tozalangan gaz negizida yiliga 307,3 ming tonna kerosin, 724,6 ming tonna dizel yonilg‘isi, 439,3 ming tonna nafta va 53,4 ming tonna 53,4 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha 2020-yilda ishga tushiriladi.

    To‘rtinchidan, O‘zbekistonda amaldagi tabiiy gaz narxi bozor mexanimzlariga muvofiq emasligini hammamiz yaxshi bilamiz. Bugungi kunda, barcha harajatlarni inobatga olgan holda bir kub metr tabiiy gazni iste’molchiga yetkazib berish narxi bir ming so‘mdan ortiq bo‘lishi kerak bo‘lsa, amalda aholiga 320 so‘mdan yetkazib berilmoqda. Hattoki, eng yuqori narxda yetkazib beriladigan iste’molchilardan g‘isht, sement yoki ohak zavodi uchun belgilangan tabiiy gaz narxi (1 000 so‘mdan) ham harajatlarni qoplamaydi yoki bugungi bozor munosabatlariga mos emas.

    Beshinchidan, qaror loyihasi “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilayotgan ko‘mir mahsulotlariga bozor topishga aloqador emas. Chunki qaror (loyihasi)dan maqsad — ko‘mir sotish emas, balki ko‘mirning issiqlik energiyasi taqsimotidagi ulushini oshirish. Tabiiy gazning respublika birlamchi yoqilg‘ilar iste’molidagi ulushi 85 foiz bo‘lsa, ko‘mirniki 2,5 foiz atrofida. Bugun ko‘plab g‘isht zavodlari ko‘mirni qo‘shni davlatlardan import qilmoqda va bu tabiiy gazdan sezilarli arzonga tushmoqda. Yoqilg‘i arzon bo‘lsa, tabiiyki bu mahsulot tannarxi va provardida uning bozordagi narxiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

    Oltinchidan, O‘zbekistondagi mavjud g‘isht, ko‘mir, ohak ishlab chiqaradigan korxonalar va issiqxona xo‘jaliklari o‘tgan 2018-yilda jami 1,7 milliard kub metr gaz iste’mol qilgan bo‘lsa, joriy yilda ularning talabi 2,7 milliard kub metrgacha oshadi. Xohlasak-xohlamasak ayrim iste’molchilar toifasi, shu jumladan, g‘isht, sement, ohak korxonalari va issiqxona xo‘jaliklarini muqobil energiyaga o‘tkazish vaqti yetdi.

    PS: “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati qaror loyihasi yuzasidan bildirilgan fikr va takliflar uchun minnatdorchilik bildiradi. Shu bilan birga, muhokamada qatnashayotgan fuqarolar va tadbirkorlarning taklif-mulohazalariga quloq tutish, muhokama qilish va lozim bo‘lsa inobatga olishga tayyormiz. Maqsadimiz — qaror loyihasining har tomonlama puxta, pishiq va mukammal darajada ishlab chiqish.

    Muhokamada ishtirok etayotganingiz uchun yana bir bor rahmat.

    13.04.2019, 23:55   Izoh (0)   31892
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston kuch tuzilmalarining hamkorlikdagi mashg‘ulotlari yakunlandi (foto+video)

    13.04.2019, 23:41

    Mudofaa vazirligida 40 nafar harbiy xizmatchi yangi uyli bo‘ldi (foto)

    13.04.2019, 23:29

    Saida Mirziyoyeva Instagram va Facebook’da sahifa ochdi

    13.04.2019, 23:22

    O‘zbekistonda 1-iyuldan davlat xaridlarida mahalliy dori ishlab chiqaruvchilar ustunlikka ega bo‘ladi

    13.04.2019, 23:13

    O‘zbekistonda ofatlar xavfini kamaytirishga erishish strategiyasi tasdiqlandi

    13.04.2019, 22:33

    Toshkentda maktab direktorlarining o‘rinbosarlari yo‘l posboni bo‘lishi mumkin

    13.04.2019, 22:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.