Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Olmazor tumanida joylashgan 100-sonli maktab internatining o‘quvchi yoshlari uchun Ashxobod saylgohi bo‘ylab ekskursiya tashkil etdi, deya xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Harbiy xizmatchilar tomonidan 60 nafarga yaqin o‘quvchining hordiq chiqarishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.
Saylgohdagi turfa attraksionlar o‘quvchilar ixtiyorida bo‘lib, ularga yuqori kayfiyat ulashish uchun harbiy xizmatchilar shu kuni ular xizmatida bo‘ldi.
— O‘quvchilarimning xursandchiligini so‘z bilan ifodalash qiyin, — deydi maktab-internatning o‘qituvchisi Sanobar Oltiboyeva. — Ular bugungi sayrni ko‘p vaqt eslab yurishi, shubhasiz. O‘quvchilarim uchun mana shunday kutilmagan sayohat uyushtirgan tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiramiz.
Izoh (0)