UEFA tashkiloti Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finalining ilk uchrashuvlari yakuniga ko‘ra haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlik qilayotgan 4 nafar futbolchini ma’lum qildi.
Quyida Yevropa Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlik qilayotgan 4 nafar futbolchi keltirilgan:
- Son Hyon Min (“Tottenhem”) — bitta gol
- Roberto Firmino (“Liverpul”) — bitta gol, bitta golli uzatma
- Frenki de Yong (“Ayaks”) — 91 foiz aniq pas
- Jerar Pike (“Barselona”) — o‘z jarima maydonidan to‘pni 10 marta olib chiqdi va 94 foiz aniq pas berdi
“Liverpul” hujumchisi Roberto Firmino “Portu” bilan kechgan bahsda bitta gol urdi va bitta golga assistentlik qildi.
“Ayaks” yarim himoyachisi Frenki de Yong “Yuventus” bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 91 foiz aniq pas berdi (1:1).
“Barselona” himoyachisi Jerar Pike esa “Manchester Yunayted”ga qarshi bellashuvda o‘z jarima maydonidan to‘pni 10 marta olib chiqdi va 94 foiz aniq uzatma berdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)