Qo‘shma Shtatlarda har yili 100 million qush o‘limining asosiy sabablaridan biri osmono‘par binolar ekanligi ma’lum bo‘ldi, deya xabar beradi “Vesti.ru”.
Amerikalik ornitologlar qushlarga tahdidlarning asosiy manbalarini o‘rgangan va qushlar uchun eng xavfli shaharlar ro‘yxatini tuzgan.
Qushlar binolarga, asosan oynavand va yoritilgan osmono‘par binolarga urilishlari oqibatida nobud bo‘ladi.
Eng xavfli vaziyat osmono‘par binolarga to‘la Chikagoda yuzaga kelgan. Aksariyat qushlarning uchish yo‘llari ushbu shaharga to‘g‘ri keladi — har bahor va kuzda shaharda “tranzit” orqali 250 xil turdagi 5 millionga yaqin qush uchib o‘tadi.
Ikkinchi o‘rinni Xyuston, uchinchi o‘rinni — Dallas egallagan.
Ushbu shaharlar ham migratsiya oqimlari yo‘lida joylashgan. Uning ketidan Nyu-York, Los-Anjeles, Sent-Luis va Atlanta joy olgan.
Izoh (0)