Andijon shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus ijrosini ta’minlash hamda yoshlarni sog‘lom turmush tarziga keng jalb qilish, ularni atrof-muhitni yanada asrashga undash maqsadida “Ekologik madaniyat oyligi” doirasida “Eko marafon” loyihasi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Mazkur loyiha ikki bosqichda amalga oshirilib, birinchi bosqichda ko‘ngilli yoshlar uchun “Eko seminar” tashkil etilgan va loyiha haqida tushunchalar berilgan. Ikkinchi bosqichda esa “Eko marafon” loyihasida ishtirok etgan Andijon shahridagi kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktabi o‘quvchilari tomonidan shaharning O‘zbekiston, A.Navoiy shoh ko‘chalari va A.Navoiy nomidagi dam olish hiyoboni chiqindilardan tozalangan.
100 ga yaqin yoshlar qatnashgan “Eko marafon” faollariga faxriy yorliq va sovg‘alar taqdim etilgan.
Izoh (0)