14-aprel kuni avtopoyga ishqibozlari uchun jip-trial bo‘yicha Toshkent shahar hokimi kubogi musobaqasi o‘tkaziladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqada g‘ildirak formulasi 4x4 bo‘lgan istalgan avto bilan qatnashish mumkin.Notekis yo‘llarda o‘zini mahoratli deb biluvchi poygachilar o‘z imkoniyatlarini “standart” hamda “ekstrim” yo‘nalishlarida sinab ko‘rishlari mumkin.
Jip-trial bo‘yicha Toshkent shahar hokimi kubogi musobaqasi Bektemir tumanidagi maxsus maydonda o‘tkaziladi.Tadbirda ishtirok etishni xohlaganlar 10-aprelga qadar http://4x4energy.uz. saytiga kirib, buyurtma berishlari mumkin.14-aprel kuni soat 10:00 dan ro‘yxatga olish ishlari olib boriladi, soat 12:00 da esa musobaqaga start beriladi.
Jip-trial bo‘yicha Toshkent shahar hokimi kubogi musobaqasi O‘zbekistondagi ekstrimal va tog‘ turizmi federatsiyasi, Toshkent shahar hokimligi va Turizmni rivojlantirish departamenti hamda boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilmoqda.
Izoh (0)