4-aprel, payshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 30-turida “Atalanta” “Bolonya”ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvning 3 va 5-daqiqalarida jamoa yarim himoyachisi Yosip Ilichich dublga erishgan bo‘lsa, oradan 4 daqiqa o‘tib himoyachi Hans Hatebur hisobni yiriklashtirdi. 15-daqiqada esa jamoa to‘purari Duvan Sapata ham o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi (4:1).
Opta’ning xabar berishicha, “Atalanta” 1932-yilning mart oyidan buyon uchrashuvning ilk 15 daqiqasida 4 ta gol urgan ilk jamoa bo‘ldi. O‘shanda “Yuventus” “Roma”ni yirik hisobda taslim qilgandi (7:1).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)