The Rolling Stones vokal ijrochisi Mik Jagger sun’iy yurak klapinini almashtirish bo‘yicha jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o‘tkazdi, deya xabar beradi “Meduza”.
Hozirda 75 yoshli musiqachi Nyu-Yorkdagi klinikada davolanmoqda. Uni bir necha kun ichida kasalxonadan chiqarishlari mumkin.
Mart oyi oxirida The Rolling Stones guruhi Jaggerning ahvoli yomonlashgani sababli Shimoliy Amerikada bahorga mo‘ljallangan konsertlarni bekor qilgani haqida e’lon qilgan. Ehtimol, turne 2019-yilning yozida o‘tkaziladi.
Izoh (0)