2-aprel, seshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 30-tur o‘yinlari boshlandi.
Jennaro Gattuzo boshqaruvidagi “Milan” jamoasi “San Siro”da “Udineze” bilan bahsga kirishdi.
Uchrashuvning 44-daqiqasida “rossonerilar” yetakchisiga aylanayotgan Kshishtof Pyontek raqib darvozasiga to‘p kiritgan bo‘lsa, 65-daqiqaga kelib Kevin Lazanya hisobni tenglashtirdi. Bellashuv 1:1 hisobida yakunlandi va jamoalar 1 ochkodan bo‘lishib oldi.
Shu kuni musobaqa jadvalida yaqqol peshqadamlik qilayotgan Turinning “Yuventus” klubi safarda “Kalyari”ni sinovdan o‘tkazdi.
O‘yin davomida Leonardu Bonuchchi (22) hamda Moyze Kin (85) tomonidan kiritilgan gollar “keksa sinyora”ning navbatdagi g‘alabasini ta’minladi (2:0).
A Seriya
30-tur bahslari
2-aprel, seshanba
“Milan”—“Udineze” 1:1
Gollar: 1:0 — 44 Pyontek, 1:1 — 65 Lazanya“Kalyari”—“Yuventus” 0:2
Gollar: 0:1 — 22 Bonuchchi, 0:2 — 85 KinYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)