“O‘zstandart” agentligi davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, tadbirkorlik subyektlariga qulayliklar yaratish va ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining shaffofligini ta’minlash maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga ulandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Endilikda “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar shtrixli kodlari Davlat reyestri”ga kiritish, “Mahsulotlarning shtrixli kodlarini original maketlarini yasash” kabi xizmatlar Yagona portal orqali amalga oshiriladi.
Mazkur xizmat tadbirkorlik subyektlariga “Shaxsiy kabineti” orqali xizmatdan foydalanish, boshqarish va kuzatib borish, tegishli hujjatlarni istalgan vaqtda va miqdorda yuklab olish hamda chop etish imkoniyatini yaratib beradi.
Bundan tashqari, ushbu xizmatdan nafaqat Yagona portal orqali balki “Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazi” DK tomonidan yaratilgan tizim orqali ham foydalanish mumkin.
Izoh (0)