Xitoyning Sichuan provinsiyasidagi Meyshan shahrida 12 yoshli o‘quvchi kasalligi sababli olti yil davomida yurolmaydigan do‘stini orqasida ko‘tarib yurgan, bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Syuy Bin’yan va Chjan Sze birinchi sinfda uchrashgan. Chjan to‘rt yoshidan beri miyasteniya kasalligidan aziyat chekmoqda, bu asab-mushak kasalligi bo‘lib, mushaklarning juda tez charchashi patologiyasiga olib keladi. Shuning uchun, uning o‘zi mustaqil harakatlana olmaydi.
Syuy va uning yana bir sinfdoshi unga o‘z yordamlarini taklif qilgan. Har kuni uni maktabga ko‘tarib olib borgan, sinfxonalar va oshxonaga yetib borishiga yordam bergan, darsdan so‘ng esa, ular do‘stini uyiga qaytarib olib borgan. Uchinchi sinfda Chjanga yordam bergan ikkinchi bola buning uchun vaqt topolmasligi aytgan va Syuy bir o‘zi qolgan.
“Syuy Bin’yan — mening eng yaxshi do‘stim, u har kuni men bilan o‘qiydi, gaplashadi va o‘ynaydi. Men undan har kuni shunday menga g‘amxo‘rlik qilayotgani uchun minnatdorman”, — deydi Chjan. Syuyning o‘zi esa, “ Mening og‘irligim 40 kilogrammdan ortiq, Chjan bo‘lsa bor yo‘g‘i 25 kilogramm, shuning uchun menga uni ko‘tarib yurish qiyin emas”, — deb ta‘kidladi.
Izoh (0)