2-aprel kuni Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston bilan energetika sohasidagi hamkorlikning ayrim masalalari to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Bitim neft-gaz, neft-kimyo va elektr energetikasi sohalaridagi hamkorlikni rag‘batlantirish, Qozog‘istonning janubiy viloyatlariga tabiiy gazni uzluksiz yetkazib berish, shuningdek, kelishuv tomonlari gaz-transport tizimining tranzit salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.
Hujjatda O‘zbekiston tomoni yiliga ikki million tonnagacha bo‘lgan hajmda Qozog‘iston neftini olishga qiziqish bildirgani qayd etilgan. O‘zbekiston tomoni neftning rejalashtirilayotgan hajmini qabul qilib olish uchun o‘z hududida neft transporti va neftni qayta ishlash infratuzilmalari qurilishini vaqtida yakunlashga kafolat berayotgani ta’kidlangan.
Shuningdek, bitim doirasida uning barcha normalari o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qiluvchi hamda tartibga soluvchi muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etish nazarda tutilgan.
Izoh (0)