Ijtimoiy tarmoqlarda xorazmlik taniqli xonanda Og‘abek Sobirov bo‘ynida “dollarli pulchambar” osilgan holda qo‘shiq kuylayotgani aks etgan video tarqaldi. “Daryo” muxbiri ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida xonandaning administratori bilan bog‘landi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu holat 30-mart kuni Xorazm viloyatining Gurlan tumanida o‘tkazilgan sunnat to‘yida kuzatilgan. Og‘abek Sobirovning ashaddiy muxlisi bo‘lgan to‘y egasi xonandaning bo‘yniga 20 ta 1 dollarlik kupyuradan iborat “pulchambar” taqib qo‘ygan.
Video to‘yda ishtirok etgan mehmonlar tomonidan suratga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilgan.
Izoh (0)