• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-apreldan nimalar o‘zgaradi?

    O‘zbekiston Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali qonunchilikda 2019-yil 1-apreldan kuchga kiradigan yangiliklarni eslatib o‘tdi.

    Foto: “Huquqiy axborot”

    Foto: “Huquqiy axborot”

    Tadbirkorlik sohasida:

    • bir kunlik jo‘jalarni eksport qilishga ruxsat etiladi;
    • tadbirkorlar faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish va qonuniyligi ustidan nazorat qilish Prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan amalga oshiriladi;
    • Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarga oid qarorlari nazorat qiluvchi organlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi;
    • noruda foydali qazilmalar mavjud bo‘lgan yer qa’ri uchastkasidan geologik o‘rganish uchun foydalanish huquqini beruvchi litsenziya ariza kelib tushgan kundan boshlab 10 kundan oshmagan muddatda
    Shuningdek, tadbirkorlardan quyidagi hujjatlarni olish bo‘yicha talablar bekor qilinadi:
    • eksport kontrakt ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma;
    • mol so‘yishni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomasi;
    • yer qa’ri uchastkasidan foydalanishda buzilgan yerlar qayta tiklanganligi haqida xulosa;
    • voyaga yetmaganlarga mo‘ljallangan dori vositalarini reklama qilishga ruxsatnoma;
    • qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan chakana savdo qiladigan tadbirkorlik subyektlarining savdo obyektlari joylashuvi;
    • yerlarning barcha toifalarida geologik-suratga olish, qidirish, geodeziya va boshqa turdagi qidiruv ishlarini olib borishga ruxsatnoma.
    2019—2021-yillarda mahsulotining kamida 80 foizini eksport qiladigan tikuv-trikotaj korxonalarining kreditlarini to‘lash xarajatlari Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan quyidagi tartibda qoplanadi:
    • milliy valyutada beriladigan kreditlar bo‘yicha belgilangan foiz stavkasining 25 foizi miqdorida;
    • xorijiy valyutada beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining 50 foizi miqdorida;
    • nol stavkasini qo‘llagan holda vujudga kelgan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar to‘liq taqdim etilgan kundan e’tiboran 7 ish kuni davomida soliq to‘lovchiga qaytariladi;
    • birja savdolari orqali paxta tolasini sotib olishda qat’iy talab qilinadiganbank kafolatlari bekor qilinadi;
    • xo‘jalik jamiyatlarining kuzatuv kengashi tarkibi va ijroiya organi a’zolarini normativ-huquqiy hujjatlar bilan tasdiqlash bekor qilinadi;
    • avtomobilda yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati elektron shaklda litsenziyalanadi.
    Turizm sohasida:
    • ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari turistlarni avtotransportda kuzatib borish hamda madaniy meros obyektlarida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha pulli xizmat ko‘rsatish huquqiga ega;
    • transportlarda xavfsiz turizmni ta’minlash transportda xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi;
    • turizm temir yo‘llarida sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish kuzatuvchi profilaktika inspektorlari lavozimlarini joriy etish orqali poyezdlarning o‘zida amalga oshiriladi.
    Davlat boshqaruvi va sud sohasida:
    • Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar va davlat qo‘mitalari raislari lavozimlariga nomzodlar Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullanadi. Bunda nomzodlar o‘zlarining harakatlar rejalarini taqdim etishi lozim;
    • barcha darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ular rahbarlari faoliyati baholab boriladi;
    • Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislari tizimli asosda o‘tkaziladi;
    • Bosh vazir Hukumat a’zolari bilan birgalikda har chorakda Oliy Majlis palatalariga Davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida hisobot taqdim etadi;
    • sud hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga mediatsiya instituti joriy etiladi. Mediatsiya amalga oshirilayotgan paytda ijro ishi 15 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turiladi;
    • yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida ijara shartnomalarini tasdiqlash uchun amaldagi davlat boji miqdori (405 460 so‘m) ikki marotaba kamaytiriladi.
    Tibbiyot sohasida:
    • davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mehnatiga haq to‘lash miqdorlari 1,15 baravar oshiriladi;
    • Toshkent shahrida tez tibbiy yordam boshqarmasining yangi avtomatlashtirilgan tizimi joriy etiladi (ushbu tizim 2019-yil 1-oktabrdan respublikaning qolgan hududlarida ham joriy etiladi).
    Mazkur tizim quyidagi imkoniyatlarga ega:
    • aholining chaqiruvlarini qabul qilish va ro‘yxatga olish, ustunlik tartibida xizmat ko‘rsatish lozim bo‘lgan chaqiruvlarni avtomatik belgilash;
    • maxsus avtotransport harakatini boshqarish, shu jumladan GPS-navigatsiyadan foydalangan holda, keyinchalik bosqichma-bosqich raqamli radioaloqaga o‘tish orqali avtotransport harakatini monitoring qilish;
    • tez tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan shaxslar joylashgan joyni telefon (mobil) aloqasi orqali avtomatik aniqlash;
    • tez tibbiy yordam yordam brigadalarini mobil ilovalar yordamida, shu jumladan imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun chaqirish;
    • foydalaniladigan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini hisobga olish;
    • vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarni shoshilinch xizmatlarining axborot tizimlari bilan birlashtirish;
    • fuqarolar tomonidan tez tibbiy yordam stansiyalari faoliyati samaradorligini baholash va ularning reytingini yuritish.

    01.04.2019, 20:53   Izoh (0)   55186
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoroda “Nasriddin Afandi kunlari” festivali bo‘lib o‘tdi (fotoreportaj)

    01.04.2019, 20:16

    Abdulaziz Komilov Yevropa Ittifoqi delegatsiyasini qabul qildi

    01.04.2019, 20:01

    3—4-aprel kunlari Toshkentning ba’zi hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

    01.04.2019, 19:22

    2-aprel kuni O‘zbekistonda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi

    01.04.2019, 18:56

    O‘zbekistonda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktorining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

    01.04.2019, 18:30

    O‘zbekiston va Janubiy Koreya erkin savdo bitimini tuzishi mumkin

    01.04.2019, 18:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Dunyodagi eng ingichka 3D egri ekranli smartfon” unvoniga ega Ginnes rekordchisi: O‘zbekistonda rasman taqdim etildi


    Market Yandex Go O‘zbekistonning yana sakkiz hududida ishga tushdi


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    APEX — moliyaviy boshqaruv uchun qulayliklar bitta ilovada 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    TENET: O‘zbekiston Mustaqilligi kuni sharafiga Stellar Residence apartamentlariga eksklyuziv shartlar 

     

    Tavsiya etamiz

    Yadro urushidan ham xavfli: insoniyatga tahdid solayotgan 5 ta yirik talafot

    26 avgust, 13:53

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qaysi hududda aholi va korxonalarga eng ko‘p kredit berilgani ochiqlandi

    Iqtisodiyot | 26 avgust, 18:11

    Market Yandex Go O‘zbekistonning yana sakkiz hududida ishga tushdi

    Reklama | 26 avgust, 18:00

    O‘zbekistonga asosan necha yoshdagi turistlar kelgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 17:58

    “Bizni dushmandan himoya qiladigan qurollardan voz kechmaymiz” — “Hizbulloh” Isroilga javob qaytardi

    Dunyo | 26 avgust, 17:40

    Fuqarolar begonalar uchun xayriya yig‘ishi mumkin emas: homiylik xayriyalarini yig‘ishning aniq tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 17:25

    Dunyoni o‘zgartirgan buyuk ayollar haqidagi eng sara filmlar

    Kino | 26 avgust, 17:10

    Noqonuniy sigaretalar ichida nima bor? Tahlil natijalari hayratlanarli

    Toshkent sh. | 26 avgust, 16:30

    Yaponiyada politsiyachilar nohaq ayblangan odamning qabriga borib, uzr so‘radi

    Dunyo | 26 avgust, 16:50

    Migratsiya agentligining ikki xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 16:37

    Dubay shayxidan qochib ketgan malika Hayya bintu al-Husayn hozirda qanday hayot kechirmoqda?

    Layfstayl | 26 avgust, 16:35

    Ilon Mask Apple va OpenAI kompaniyalarini sudga berdi

    Dunyo | 26 avgust, 16:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.