Markaziy bank raisi o‘rinbosarlari, tarkibiy bo‘linma xodimlari, hududiy Bosh boshqarma boshlig‘i va tijorat banklari raisi o‘rinbosarlari ishtirokida Qashqadaryo, Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” Qonuni talablari asosida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillari uchun sayyor qabullar o‘tkazadi. Bu haqda Markaziy bank o‘zining Telegram kanalida xabar berdi.
Sayyor qabul davomida asosiy e’tibor aholining bank tizimi yuzasidan murojaatlarini qonuniy hal qilish, bank tizimida mavjud tizimli kamchiliklarni aniqlash, qabullar davomida va yuqori idoralarga qayta-qayta murojaat qilayotgan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining muammolarini hal etishga, aholining roziligini ta’minlashga, fuqarolarning bank tizimiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga, murojaatlarni xolis va tezkor ko‘rib chiqish masalalariga qaratiladi.
Mazkur qabul:- 2019-yil 2-aprel kuni:- soat 10:00 dan 12:00 gacha Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahrida Musiqa va san’at maktabi binosida (Ipak yo‘li ko‘chasi, 217-uy);- soat 15:00 dan 17:00 gacha Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumanida tuman hokimiyati binosida (A.Temur ko‘chasi, 74-uy);
2019-yil 6-aprel kuni:- soat 11:00 dan 13:00 gacha Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida tuman hokimiyati binosida (Mustaqillik ko‘chasi 34-uy);- soat 11:00 dan 13:00 gacha Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumanida tuman hokimiyati binosida (O‘zbekiston ko‘chasi, 13-uy) tashkil etiladi.
Ma’lumot uchun telefonlar:O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (+99871) 212-60-07
Izoh (0)