Rossiyaning Oryol viloyati gubernatori Andrey Klichkov O‘zbekistonning mamlakatdagi elchisi Botirjon Asadov bilan uchrashdi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Tomonlar Oryol viloyati va O‘zbekiston o‘rtasida qishloq xo‘jaligi, sanoat, fan va ta’lim, turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
Viloyat delegatsiyasining Jizzaxda joriy yil may oyida bo‘lib o‘tadigan xalqaro investitsiya forumi va O‘zbekiston—Rossiya II mintaqalararo forumida ishtirokini tashkillash masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv davomida Oryol viloyati va O‘zbekiston OTMlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish yuzasidan ham fikr almashildi.
Ma’lumot uchun, Oryol viloyati va O‘zbekiston o‘rtasida tovar aylanmasi hajmi 2018-yilda 5,2 million dollarni tashkil etdi.
Izoh (0)