31-mart, yakshanba kuni Angliya chempionatining 32-turida “Liverpul” o‘z maydonida “Tottenhem”ni mag‘lubiyatga uchratdi (2:1).
Natijada “qizillar” Angliya premyer ligasida o‘z maydonidagi ketma-ket 37 ta o‘yinni mag‘lubiyatsiz o‘tkazdi. Bu haqda Sky Sports xabar berdi. Klopp jamoasi 27 ta o‘yinda g‘alaba qozonib, 10 ta o‘yinda durang qayd etdi. “Liverpul” 2010—2012-yillarda “Manchester Siti” qayd etgan natijani takrorladi.
So‘nggi bor 2017-yilning yanvar oyida “Liverpul” “Enfild”da “Suonsi”ga mag‘lub bo‘lgandi.
Bu borada “Chelsi” mutlaq rekordchi hisoblanadi. Londonliklar 2004-yildan 2008-yilga qadar Angliya chempionati doirasida kechgan jami 86 ta uy uchrashuvida umuman mag‘lub bo‘lmagandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)