Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) professional bokschilarning yangi reytingini e’lon qildi. Bu haqda GoSport xabar berdi.
Super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasi vakili Isroil Madrimov (2 ta g‘alaba, 2 ta nokaut) mart oyi reytingida uch pog‘ona yuqorilab 6-o‘rindan joy oldi. Eslatib o‘tamiz, Isroil 10-mart kuni WBA Intercontinental chempionlik kamarini himoya qilish uchun venesuelalik bokschi Frenk Roxasga (24 ta g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat) qarshi ringga ko‘tarilib, raqibini 2-raundning o‘zidayoq nokautga uchratgandi.
Yangilangan reytingda ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Murodjon Ahmadaliyev (5 ta g‘alaba, 4 ta nokaut) 1-o‘rinda qoldi va jahon chempionlik kamari uchun birlamchi da’vogar nomini saqlab qoldi.
Shuningdek, super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida bitta jang o‘tkazgan Shohjahon Ergashev (16 ta g‘alaba, 14 ta nokaut) esa reytingda 4-o‘rinni egallagan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)