31-mart, yakshanba kuni “Real” yarim himoyachisi Isko Ispaniya chempionatining 29-turida “Ueska”ga qarshi o‘yinda gol urdi (3:2).
Zinedin Zidan “Real” bosh murabbiyligiga qaytgandan so‘ng ispaniyalik futbolchi klub tarkibida 2 ta uchrashuvda maydonga tushib, bittadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Isko “Real”ning avvalgi murabbiyi Santyago Solari qo‘l ostida esa 16 ta bahsda gol+pas tizimida 2 ochko jamg‘argandi (1 ta gol va 1 ta golli uzatma).
Avvalroq futbolchining yozda jamoani tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)