Afg‘onistonda toliblar mamlakatning birinchi vitse-prezidenti Abdulrashid Do‘stumning kortejiga hujum uyushtirdi. Bu haqda Do‘stumning yordamchisi Kanishka Turkistoniyga tayanib, Tolo News xabar bermoqda.

Foto: BBC

Vitse-prezident jabrlanmadi. Uning bir tansoqchisi halok bo‘ldi, ikki nafari jarohatlandi.

Do‘stumning kortejiga Balxdan Juzjonga yo‘l olganida hujum uyushtirildi.