Ro‘yxatdan o‘tkazilgan mobil qurilmalarni biror kishiga sovg‘a qilishda hech qanday cheklovlar mavjud emas. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri.
“Telefondan avvaldan qanday foydalangan bo‘lsak, shu tarzda ishlatish mumkin. Hech qanday cheklash yo‘q. Faqatgina o‘g‘irlangan yoki yo‘qotilan telefonlarga cheklov bo‘ladi. U hozir ham bor. Lekin markazlashgan holda bo‘lgan”, — deydi Temur Mashanpin
Temur Mashanpinning qo‘shimcha qilishicha, turli xil mobil operatorlarning sim-kartalaridan foydalanishga tizim tomonidan to‘sqinlik yo‘q.
Izoh (0)