30-mart, shanba kuni respublika bo‘ylab boks bo‘yicha katta fleshmob (Ochiq mashg‘ulotlar festivali) bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirning Toshkent shahridagi qismi “Eko Park”da tashkil etildi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston boks federatsiyasi mutasaddilari, o‘zbek boksi yulduzlari, yosh bokschilar, estrada yulduzlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari va muxlislar ishtirok etdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqan O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Po‘latov yosh avlodni sportga qiziqtirishda bunday tadbirlarning ahamiyati katta ekanligini, natijada bo‘lajak Osiyo, jahon va Olimpiada chempionlari yetishib chiqishini ta’kidlab o‘tdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)