Rossiya va Qirg‘iziston respublika hududida Qo‘shma rus harbiy bazasining holati va maqomi to‘g‘risidagi 2012-yilgi kelishuvga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deya xabar beradi “Kommersant”.
Protokol matnida maydoni va ijara haqining oshishi ko‘rsatilgan. Hujjat Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Bishkekka tashrifi chog‘ida imzolangan.
Avvalroq Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov ta’kidlab o‘tganidek, protokolda bazaning ishlashiga foyda keltiradigan xususiyatlar mavjud. Protokol bayonnomasiga ko‘ra, nafaqat Rossiya harbiy obyektlarining yer maydoni qariyb 60 gektarga oshgan, bunga mutanosib ravishda bazani ijaraga berish qiymati ham yiliga 291,5 ming dollarga (deyarli 4,8 million dollargacha) oshirilgan.
Shartnoma, shuningdek, “uchuvchisiz havo apparati” va “uchuvchisiz aviatsiya tizimi” kabi tushunchalar mavjud.
Rossiya tomonidan protokolga imzoni Mudofaa vazirining o‘rinbosari Aleksandr Fomin qo‘ygan. So‘ngra, ikki davlat prezidentlari Vladimir Putin va Sooronbay Jeenbekovlar ishtirokida Bishkekda hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tgan.
Izoh (0)