26-mart kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlarining jangovar tayyorgarligini majmuaviy tekshirish boshlangan. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mashg‘ulotlar davomida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari “Muborak” va “Nuriston” umumqo‘shin dala-o‘quv maydonlariga, shuningdek, havo va yer orqali mahalliy notanish hududlarga tashlangan.
Bundan tashqari jangovar mashg‘ulotlarga Markaziy harbiy okrugga qarashli ayrim bo‘linmalar ham jalb etilgan bo‘lib, ular Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugining asosiy kuchlariga jangovar ko‘mak berish maqsadida harbiy texnikalar orqali marshni amalga oshirgan va belgilangan hududga joylashgan.
28-mart kuni harbiy xizmatchilar hamda bo‘linmalar tomonidan jangovar tayyorgarlik fanlari bo‘yicha nazorat-tekshiruv mashg‘ulotlaridan sinovlar topshirishi boshlangan.
Xabarda aytilishicha, mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi bo‘linmalarning jangovar tayyorgarligi va birligini tahlil qilish hamda baholashdan, harbiy qismlar, texnika va qurol-aslahalarning o‘quv-jangovar vazifalarni bajarishga shayligini tekshirishdan iborat.
Izoh (0)