AQSh davlat kotibi Rossiya Amerikaning XXI asrdagi barcha prezidentlik saylovlariga aralashganini bildirdi, deya xabar beradi “Exo Moskvi”.
“Ha, ular aralashgan. 2012-yilda ham, 2008-yilda ham, 2004-yilda ham”, — deydi Mayk Pompeo Vakillar palatasining tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan eshituvlarida.
Shu bilan birga, Amerika maxsus xizmatlari Rossiyani faqat Donald Tramp g‘alaba qozongan 2016-yilgi saylovga aralashganlikda ayblamoqda.
Izoh (0)