Uzoq Sharqni rivojlantirish sobiq vaziri hamda Uzoq Sharq federal okrugidagi prezidentning sobiq vakolatli vakili Viktor Ishayev Moskvada qo‘lga olindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, sobiq amaldor o‘rmon materiallarini tayyorlash ishida firibgarlikda gumon qilingan.
Shuningdek, bu ish doirasida hududiy ma’muriyatda ham tintuv o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)