Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasiga Umida Teshaboyeva direktor etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Umida Teshaboyeva bungacha ushbu kutubxona direktorining axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlayotgan edi.
Kutubxonaning avvalgi rahbari Alisher Abduazizov esa o‘z arizasiga binoan ishdan ketgan. Ma’lumki, Alisher Abdushukurovich O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-iyundagi qaroriga muvofiq Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori etib tayinlangan edi.
Izoh (0)