Abu Dabi amirligi Madinat Zayed shahrida 35 ta noyob lochin polaponlari yashin urishi natijasida halok bo‘ldi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: “Gulfnews.com”

Chaqmoq urishi natijasida polaponlar bo‘lgan binoda yong‘in boshlangan. Ularning umumiy qiymati 1,1 million dirham (301 ming dollar)ni tashkil qilgan.

Meteorologiya milliy markazi vakilining so‘zlariga ko‘ra, g‘arbiy mintaqada hodisa arafasida kuchli momaqaldiroqli yomg‘ir va tezligi 60 km / soatgacha bo‘lgan shamol kuzatilgan. Shuningdek, u BAAda 28-mart, payshanba kunigacha changli bo‘ronlar va kuchli shamollar ustunlik qilishini qayd etdi. Haydovchilarga ko‘rinishning kamayishi tufayli hushyor bo‘lish tavsiya etiladi.