2019-yil 24-mart kuni O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi Islomobod shahrida Navro‘z munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.
Bayramda Pokistonning ijtimoiy-siyosiy, ishbilarmon, jurnalistik va ilmiy-akademik doiralari, xorijiy diplomatik korpus vakillari qatnashgan.
Bayram tadbiri doirasida O‘zbekiston pavilyoni tashkil etilgan. Pavilyon O‘zbekistonning, xususan Namangan viloyatining turistik salohiyatini va iqtisodiy imkoniyatlarini aks ettiruvchi surat va rasmlar bilan bezatilgan.
Bayram ishtirokchilari o‘zbek amaliy san‘atining turli xil buyumlar, jumladan mashhur chust pichoqlari, qo‘l mehnati orqali ipakdan tayyorlangan mahsulotlar hamda pokistonlik sayyohlarning Namangan viloyatiga “Ziyorat-turizmni” amalga oshirishlari uchun maxsus ishlab chiqilgan turistik yo‘nalishlar bilan tanishtirilgan.
Mehmonlar o‘zbek an’anaviy oshxonasi bilan tanishish, shuningdek osh, manti, somsa va shirinliklardan ta’tib ko‘rgan.
O‘zbekiston pavilyoni tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otgan. Pokiston Islom Respublikasi prezidenti Arif Alvi va uning rafiqasi pavilyonning faxriy mehmonlari bo‘lgan. Ular o‘zbek xalqining boy madaniy-tarixiy merosini va takrorlanmas milliy oshxonasini yuqori baholagan.
Izoh (0)