“Napoli” jamoa markaziy himoyachisi Kalidu Kulibalining transfer narxini ma’lum qildi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi.
Neapolliklar prezidenti Aurelio De Laurentis 27 yoshli senegallik uchun, taxminan, 150 million yevro ishlab olishni ko‘zlagan.
“Chelsi”, “Real” va “Barselona” Kulibalini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Shuningdek, unga “Manchester Yunayted” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Avvalroq “Napoli” “Yunayted”ning Kulibali uchun 105 million yevrolik taklifini rad qilgandi.
Ma’lumot uchun, 2014-yilda Italiya klubi himoyachini Belgiyaning “Genk” klubidan 7,75 million yevro evaziga sotib olgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)