Joriy yilning 22—23-mart kunlari Moskva shahrida o‘tkazilayotgan sambo bo‘yicha Jahon kubogida O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqaning birinchi kunida jangovar sambo bo‘yicha 57 kg vazn toifasi vakili Sirojiddin Anorqulov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalini qo‘lga kirilgan bo‘lsa, ushbu yo‘nalish bo‘yicha bahslarda ishtirok etgan yana bir sportchi, Osiyo chempioni Zafar Allabergenov (-68 kg) ham barcha raqiblari ustidan zafar quchdi va oltin medaliga sazovor bo‘ldi.
Jangovar sambo bo‘yicha yana bir o‘zbekistonlik vakil Bekzod Nurmatov (-82 kg) musobaqaning kumush medaliga ega chiqdi.
Shuningdek, Ulug‘bek Rahmonov (-82 kg), Zuhraxon Ma’murjonova (-52 kg) hamda Timur Xudoyqulov (-68 kg) o‘z vaznlarida shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.
Shunday qilib, sambo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi jahon kubogining birinchi kunida 2 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza jami 6 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)