Fransiyada Rafale qiruvchi samolyoti parvozi chog‘ida to‘satdan katapulta tizimi ishlab ketdi va ekipaj a’olaridan birini kabinadan itqitib tashladi. Bu haqda Le Parisien xabar bermoqda.
Hodisa Sen-Dizye harbiy bazasida ro‘y berdi.
Uchuvchining 64 yashar sherigi uchish maydoniga borib tushdi va jiddiy jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi. Uchuvchining o‘zi kabina oynasi siniqlaridan qo‘lini yaraladi.
Jandarmeriya g‘aroyib hodisa sabablarini o‘rganmoqda.
Izoh (0)